|
FUQAROLAR QABULI

FUQAROLAR QABULI

Bugun Bandixon tumanidagi Suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji binosida tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda 35 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabulda asosan ish bilan ta'minlash, nafaqa, davolanish uchun moddiy yordam, ichki yo'llarni ta'mirlash, kredit va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

0 izox