|
“Eng faol maktab” onlayn tanlovida g'olib bo'lgan maktab taqdirlandi.

“Eng faol maktab” onlayn tanlovida g'olib bo'lgan maktab taqdirlandi.

Bugun Surxondaryo viloyati Bandixon tuman "Chinor" mahallasida joylashgan “Eng faol maktab” onlayn tanlovida 14567 ta ovoz to‘plab go‘liblikni qo‘lga kiritgan 9-sonli umumta'lim maktabi jamoasi Bandixon tuman hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bandixon tuman bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alari va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Taqdirlash jarayonida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ishtirok etib, yig'ilganlarni ushbu yutuq bilan tabrikladi. O'quvchi yoshlarga yaxshi bilim olib, yurtimiz farovonligi va rivojlanishida o'z hissalarini qo'shishi zarurligi ta'kidlandi. Zero ilmga ajratilgan vaqt kelajakda o'z mevasini berishi aytib o'tildi.

Bandixon tuman hokimligi ushbu yutuq bilan 9-sonli umumta’lim maktabi jamoasini muborakbod etadi.

 

 

0 izox