Mazkur sessiyada tuman Kengashi deputatlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari N.Rahmatullayeva, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya ishiga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi O’.Choriyev raislik qildi.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan N.Rahmatullayevaning Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi.
Sessiya davomida tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.
0 izox