Mamlakatimizda umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, “Farovon oila sari” kontseptual gʼoyasini hayotga tatbiq etishdamamlakatimiz ibratli oilalarining ijtimoiy faolligini yanada oshirish, oilalarning farzand tarbiyasidagi masьuliyatini oshirish, ularni Vatanga muhabbat, ezgulik, rahmdillik, halollik, mehnatsevarlik,tadbirkorlik va fidoyilik singari xalqimizning koʼp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʼnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish,
yosh avlodni jamiyat oldidagi masʼuliyatini his qiladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, Vatanga muhabbatruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʼshib kelayotgan tashabbuskor, ibratli oilalarni munosib taqdirlash va ragʼbatlantirish, ijobiy tajribalarni ommalashtirishdan iborat. Tanlovningvazifalari quyidagilardan iborat oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish,
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilaviy ajralishlarning oldini olish, 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishga oʼz hissasini qoʼshayotgan oilalarning ijobiy tajribalarini targʼib qilish, oilaning mustahkam boʼlishi, bolalar tarbiyasida ota-onaning oʼrniva masʼuliyatini oshirish,
farzandlarini maʼnaviy-axloqiy barkamol, Vatan taqdiriga daxldor, mehnatsevar, tadbirkor, tashabbuskor qilib tarbiyalagan oilalar tajribalarini ommalashtirish, mahallani obodonlashtirish ishlarida oilalarning faolligini oshirish, oilada tomorqava tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish.ijtimoiy faol, oilalar va mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirishga oʼz hissasini qoʼshayotgan, mahallani obodonlashtirish va kam taʼminlangan oilalarni qoʼllab-quvvatlashishlarida faol boʼlgan, 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishga oʼz hissasini qoʼshayotgan, oila aʼzolari va qoʼni-qoʼshnilar farzandlarining kitob oʼqishga boʼlgan munosabatiga ijobiy taʼsir oʼtkazayotgan, taʼlim-tarbiya, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va tarbiyasi ogʼir boʼlgan yoshlar bilan ishlashda oʼz hissasini qoʼshayotgan insonlarni qo'llab- quvvatlash maqsadida Bugun Bandixon tumanidagi Madaniyat markazi binosining faollar zalida “Yangi Oʼzbekistonning ibratli oilasi” koʼrik - tanlovining Bandixon tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tuman saralash bosqichida tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin qizlar qo'mitasi Bandixon tuman bo'limi boshlig'i hamda tuman hokimligidan biriktirilgan xodimlar ishtirokchilarni baholab, Bektepa mahallasida istiqomat qiluvchi Bozorov O‘rinboy viloyat bosqichiga yo‘llanma olib, tuman bosqichida mutloq g'olib deb topildi.
0 izox