Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi yaxshi sharoitda yashashlari, kelajakdagi o`z orzu- istaklarini amalga oshirish uchun ularni qo'llab quvvatlash, yurtimiz aholisining muammolarini o'rganish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi. Bugun tumanning “Bektepa” mahallasida Bandixon tuman Hokimi O`.Choriyev boshchiligida hamda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida FUQOROLAR QABULI bo’lib o’tdi.
Mazkur qabulda tumandagi aholi o’zlarini qiynab kelayotgan muammolari va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi.Fuqorolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda o’rganilib, masalalar tez orada hal etiladigan bo’ldi.
0 izox