|
Bir mahalla- bir mahsulot tamoyili amalda

Bir mahalla- bir mahsulot tamoyili amalda

Bugungi kunda Bandixon tumanida 22- ta mahalla fuqarolar yig'ini faoliyat ko'rsatmoqda.
Tumanda sanoat, ishlab chiqarish, qishliq xo'jaligi ekinlarini yanada rivojlantirib, xalqimiz uchun sifatli mahsulotlarni yetkazib berish maqsadida tumanning '' Saroy'' mahallasida ham "Bir mahalla- bir mahsulot tamoyili" amalda qo'llanilib kelinmoqda.
Bugun tuman hokimi O'tkir Choriyev hamda tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda "Saroy" mahallasida aholi xonadonlari o'rganildi.
Davlat tomonidan berilgan imtiyozli kreditlardan xalqimiz qay darajada to'g'ri foydalanayotganliklari o'rganilib, hozirgi kunda 36 oylik imtiyozli davri bilan 7 yillik issiqxona uchun kreditlar olish tartibi tushuntirildi.
Shu kuni 7 yillik issiqxona uchun kredit olish istagida bo'lgan 10- nafar fuqarolarga kredit ajratish ishlari boshlab yuborildi, bu bilan xalqimiz bandligini ta'minlab ularning oilasiga qo'shimcha daromad manbaini olib kirish maqsad qilingan.

0 izox