|
Bandixon tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Bandixon tumanida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi besh yil yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Bugun Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 3- sektor hududida joylashgan  “Obod yurt” mahallasida joylashgan 25- umumta’lim maktabiga qo’shimcha 240 o’ringa mo’ljallangan barcha sharoitlarga ega yangi maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi davomida tuman IIB boshlig’i Akmal Baratovich so’zga chiqib yangi maktabning qurilishida hissa qo’shgan insonlarga minnatdorchilik bildirdi hamda o’quvchi yoshlarga esa ulkan omadlar tilab, tuman hokimi o’rinbosarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu binoning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.

0 izox