Bugungi kunda mamlakatimizda umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini yanada oshirish, umumta'lim maktablarida o'quvchi- yoshlarning ta'lim- tarbiyasini yanada oshirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida ham umumta'lim maktablarida yoshlarimizga malakali pedagoglar tomonidan dars jarayonlarini amalga oshirish bo'yicha ko'plab chora tadbirlar belgilab olingan.
Bugun tumanning "Qaldirg'och" mahallasi hududida joylashgan 22- umumta'lim maktabiga qo'shimcha 180 o'rinli yangi bino o'quvchi- yoshlar uchun foydalanishga topshirildi.
Bandixon tuman hokimi O'tkir Choriyev so'z boshlar ekan,
- " Tumanimizda ikki yil mobaynida deyarli barcha sohalarda ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan umumta'lim maktablarini ham kapital, rekonstruksiya qilish, yangi maktab binolarini qurish bo'yicha ham guvohi bo'layotganingizdek ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu kabi yangi, zamonaviy maktab binolari kelajakda yoshlarimizni sifatli ta'lim - tarbiya olib, oliy o'quv yurtlarida o'qishni davom ettirishga bevosita xizmat qiladi " - dedi.
Shundan so'ng ushbu binoning qurilishida yaqindan yordam bergan quruvchilarga Bandixon tumani hokimi to'n kiydirdi.
0 izox