|
Bandixon tumanida qonun ustuvorligini taʼminlashda 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MATBUOT ANJUMANI

Bandixon tumanida qonun ustuvorligini taʼminlashda 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MATBUOT ANJUMANI

Bandixon tumanida qonun ustuvorligini taʼminlashda 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Matbuot anjumani boʻlib boʻtdi.
Unda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi R.Xurramov, soha xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida Adliya boʻlimi boshligʻi R.Xurramov tumanda qonun ustuvorligini taʼminlashda 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

 

Bandixon tumanida qonun ustuvorligini taʼminlashda va 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

AXBOROT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

PF-5415-son Farmoni hamda ushbu sanadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son Qarorlariga asosan adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil davomida asosiy vazifalaridan kelib chiqib, tasdiqlangan ish reja va qoʻshimcha chora-tadbirlarga koʻra, davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holatini oʻrganish, tahlil etish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berish hamda ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish yoʻnalishida;

Tuman adliya boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini tashkillashtirish masalalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining tuman boʻlimlariga 37 ta yozma uslubiy koʻrsatma berildi.

Shuningdek, Bandixon tuman adliya boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini tashkillashtirishda qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tumandagi tashkilotlarga jami 191 ta ogohnomalar kiritildi.

Davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish yoʻnalishida;

Shuningdek tuman adliya boʻlimi tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi talablariga rioya qilinganligi xolati monitoring qilinib, natijasi boʻyicha joylarga 46 ta taqdimnomalar kiritilib, 28 nafar xodimlariga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo berilishi, 31 nafar xodimga nisbatan maʼmuriy taklif berilib, 21 nafar xodimlarning maʼmuriy javobgarlik masalasi hal etilidi.

Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasidagi ishlarni tashkil etish yoʻnalishida;

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil davomida tumandagi hamkor tashkilotlar masul xodimlari ishtirokida 2000 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Xususan, 5-marta televideniye, 14-marta gazetalarda chiqishlar va boshqa elektron axborot vositalarida, shu jumladan, telegramdagi guruhlarga 1900 dan ortiq huquqiy axborot materiallarining qisqacha matnlari joylashtirildi,

100 dan ortiq ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari tashkillashtirilib, ularda ishtirok etgan 1000 dan ortiq tinglovchilarga qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini haqida tanishtirib oʻtildi hamda tegishli tadbirlar qatnashchilariga 17 turdagi 695 dona qonunchilik targʻiboti aks etgan buklet, flayerlar va plakatlar tarqatildi va ularni qiziqtirgan turli xil masalalar boʻyicha savollariga javoblar berildi.

Oʻtkazilgan tadbirlar tavsilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar adliya boʻlimining “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida ochilgan guruhiga joylashtirildi.

Shuningdek, Bandixon tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Saroy” mahallasida yashovchi fuqaro Soatqulov Sayidahmadning ish haqi va avans pullari oʻz vaqtida berilmayotganidan norozi boʻlib 2021-yil 19-yanvarda bergan murojaati oʻrganib chiqilib, oʻrganish yakunlari boʻyicha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 1 ta maʼmuriy taklif hamda tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga 1 ta taqdimnoma kiritildi. Adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan maʼmuriy taklifga asosan tumandagi 3-sondi maktab direktoriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Muʼmuriy Javobgarlik toʻrisidagi Kodeksning 49 moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari 1115000 soʻm miqdorda jarima jazosi tayinlangan. Adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan

1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish yoʻnalishida:

Viloyat adliya boshqarmasi va adliya boʻlimi ish rejalariga asosan 2021-yil davomida Kadastr Agentligining Surxondaryo viloyati Bandixon tuman boʻlimi, Bandixon tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Bandixon tuman boʻlimi tuman Xalq taʼlimi boʻlimida fuqarolarga yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 252-son qarori ijrosi, fermer xoʻjaliklari bilan uzoq muddatli yer ijara shartnomasini tuzish, bekor qilish va oʻzgartirishda huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF–6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha 8 ta taqdimnoma hamda 1 ta maʼmuriy takliflar kiritildi va

2 nafar xodimlariga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo berilishi taʼminlandi.

Yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi yuzasidan 2022-yil uchun boʻyicha ish rejalar va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

 

 

 

0 izox