|
Bandixon tumani hokimining navbatdagi

Bandixon tumani hokimining navbatdagi "Fuqarolar qabuli" bo'lib o'tdi

Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolar muammolarini o'rganish va uni hal etish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 12-iyul kuni tumanning Bektepa mahallasida joylashgan “Suv xo’jaligi va melioratsiya” kolleji binosida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, sektor rahbarlari hamda tuman mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi "Fuqarolar qabuli" bo'lib o'tdi.

Qabul davomida fuqarolar asosan davolanish uchun order olish, uy-joy ta'mirlash moddiy yordam olish hamda boshqa masalalarda tuman hokimiga murojaat qilishdi. Shu kuni 15 nafar fuqarolardan 17 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 11 ta murojaatlar yechimi tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, ma’lum vaqt talab etadigan masalalar aniq ijro muddati bilan mas’ullarga yo‘naltirildi hamda batafsil o‘rganib chiqish va hal etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

0 izox