Qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida zararkunandalarning tarqalishi hosilning nobud bo‘lishiga, aholining oziq-ovqat bilan taʼminlanishiga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. Shu boisdan, ularga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlar olib borish bu boradagi eng samarali va oson yechimdir.
Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov bugun erta tongdan yayov yurgan holda hududlarni o'rganar ekan bugungi manzil ham tumanning "Bag'rikeng" mahallasi bo'ldi.
Ushbu mahalladagi fermerlar faoliyati o'rganildi. Xususan Alisher Ergashev f/x, Ikromjon Xolmirzayev f/x, Barakali yurt 7777 f/x, Unumdoe zamin f/x, Bag'rikeng gulbahor f/x tomonidan bugungi kunda dala maydonlariga ekilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan tanishildi.
Tuman hokimi ushbu mahallalarda yashovchi fuqaro Boboxon Ortiqovning yashash sharoiti bilan tanishib suhbatlashdi. Boboxon Ortiqovning bo'sh yer maydonlariga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ekish bo'yicha tavsiyalar berildi.
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati
0 izox