Yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish,
milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori ijrosini amalda bajarish yuzasidan bugun Bandixon tumani hokimi, 1- sektor rahbari Abdumalik Allamuradov sektor hududidan biriktirilgan 20 nafar yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ularning muammo va takliflari tinglandi. Tuman hokimi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi rahbariga hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilariga tumandagi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish va ish uslubini o'zgartirish vazifalari berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari
0 izox