|
Viloyat rahbari tashrifining keyingi manzili tumanning Bektepa mahallasida tashkil etilgan

Viloyat rahbari tashrifining keyingi manzili tumanning Bektepa mahallasida tashkil etilgan "Bektepa 3" kichik sanoat zonasi bo'ldi.

Bugungi kunda "Bektepa 3" kichik sanoat zonasida yangi loyihalar amalga oshirilishi doirasida bino-inshootlar qad ko'tarmoqda.
Shu o'rinda "Bektepa 3" kichik sanoat zonasida "Bandixon servis №1" MCHJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 1,2 mlrd. so'm bo'lgan avtomobillar uchun chexol-polik ishlab chiqarish loyihasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Loyihaning ishga tushishi evaziga 10 nafar xotin-qizlarimizning bandligi ta'minlandi.

Viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tadbirkorlarga yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirib, aholi bandligini ta'minlash zarurligi qayd etildi.

0 izox