|
Tergov sudyasining vakolat va vazifalari.

Tergov sudyasining vakolat va vazifalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyun kuni “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

-jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritishdavrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarida alohida sudyalar - tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilish tartibi joriy etiladi. Farmonga ko‘ra:

-jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar)sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

-jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan prosessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyasiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilish tartibi belgilandi;

-tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi;

-tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Shuningdek, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:

Quyidagilar bo‘yicha sanksiyalar:

-qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;

-qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma;

-pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

-murdani eksgumatsiya qilish haqidagiiltimosnoma;

-pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlashto‘g‘risidagi iltimosnoma;

-tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma;

-telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladiganso‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqaliuzatiladigan axborotni olish haqidagiiltimosnoma;

-mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;

Quyidagilar bo‘yicha majburlov choralari:

-ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishto‘g‘risidagi iltimosnoma;

-shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishhaqidagi iltimosnoma;

-ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishimuddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;

-ushlab turish muddatini 48 soatga qadaruzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining(fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarinioldindan mustahkamlash to‘g‘risidagiiltimosnomasi.

Farmonga ko‘ra:

-tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil amalgaoshirib, faqat qonunga bo‘ysunadi hamda tergovsudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilanbog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalaryuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

-tergov sudyalarini lavozimga tayinlash valavozimidan ozod qilish, shuningdek, sudyalarkorpusini shakllantirish qonunda belgilangantartibga muvofiq amalga oshiriladi;

-tergov sudyasining tashkiliy faoliyatigarahbarlik tegishincha Qoraqalpog‘istonRespublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shaharsudlari, Harbiy sud raislari tomonidan amalgaoshirish ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudi raisi:            M.Abdimo‘minov

0 izox