|
Tashabbus natijasi: Qishloq yo‘llariga asfalt yotqizildi

Tashabbus natijasi: Qishloq yo‘llariga asfalt yotqizildi

Yurtimizda “Tashabbusli budjet” doirasida ajratilayotgan mablag‘lar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim bo‘lmoqda.

Bandixon tumanida ham bu borada olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga va xalqimizni rozi qilishga xizmat qilmoqda.

Tumandagi "Navro'z" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi mazkur loyihaning joriy yilgi birinchi mavsumida faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishigan edi.

Ayni kunlarda mahallaning "Shabada" ko'chasidagi 2792 metr ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Bunda mahalla ahli yana bir bor o'z faolliklarini namoyon etishdi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

0 izox