Joriy yilning 12-sentabr sanasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini o'rganish, aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Bandixon tumaniga tashrif buyurdi.
Unda "Bandixon-Agroklaster" MCHJ tomonidan tumandagi 300 nafar ishsiz fuqaroni ish bilan band qiluvchi ip-kalava ishlab chiqarish loyihasida olib borilayorgan uskunalarni o'rnatish ishlari bilan tanishildi. Loyihani o'z vaqtida ishga tushirish, sifatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha tavsiyalar berildi.
0 izox