O'zbekisron Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 23-son qaroriga muvofiq Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston mahallari uyushmalarining qo‘shma qaroriga asosan mamlakatimizda ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muntazam o‘tkazish orqali aholini jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish, jismoniy tarbiyalash, sog‘lomlashtirish yuzasidan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida har yili “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazish tizimi joriy etilgan bo'lib, bugun tumanning Bandixon mahallasida joylashgan madaniyat uyida Sport vazirligi tomonidan keltirilgan sovg'alar o'z egalarini topdi. Bunda 30 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan ixtiyoriy va maxsus sport sinovlarini topshirgan fuqarolar taqdirlandi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox