Youtube ijtimoiy tarmog'i orqali “Menga bosim o'tkazib 28 ta daraxitimni majburlab kesayabdi Ekologiya vaziri kimga qarayabdi ?” mavzusidagi tarqalgan video murojaati bo‘yicha
RASMIY MUNOSABAT:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari hamda Bandixon tumani hokimligi va tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Menga bosim o'tkazib 28 ta daraxitimni majburlab kesayabdi Ekologiya vaziri kimga qarayabdi ?” sarlavhasi ostida yo‘llagan videomurojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi ushbu holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilayotganligini bildiradi.
O'rganish ishlar yakunlangandan so’ng qo’shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.
0 izox