|

"Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki"

Bandixon tumanidagi 22 ta mahallada joriy yilning 23-24 noyabr kunlari "Hashar elga yarashar" shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari rejalashtirilgan edi. Bugun barcha hududlarda bo’lgani kabi ushbu jarayonda mahallalar aholisi faollik ko’rsatishmoqda. Ko’chalar, ariqlar hamda xonadonlarda obodonlashtirish ishlari avj olib, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko’chatlar ekildi hamda ekishga joylar tayyorlandi. Ko’chat zaxirasi yaratildi.

Ertaga 24-noyabr kuni ham barcha mahallalarda ko’chatlar ekilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Bizni kuzatib borishda davom eting!

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox