Mahallalarda birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar dasturiga asosan Bandixon tumanidagi mahallalarning ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mavjud ichki yo‘llarning holatidan kelib chiqib, tuproq yo‘llarini kengaytirish, toshlash, ta’mirlash hamda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Bugun, Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Bag'rikeng mahallasidagi ''Olmazor'' ko'chasining 1 km qismini toshlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari mahalliy ahamiyatdagi 4H-1614A Qong'isoy qishlog'iga olib boruvchi yo'lni tekislash va toshlash ishlari boshlab yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, mahallalarning ichki ko‘chalarini toshlash hamda asfaltlash ishlari belgilangan reja asosida ketma-ketlikda amalga oshirilmoqda.
0 izox