| 2025-05-04 02:41
O'quv mashg'ulotlari tashkil etildi

O'quv mashg'ulotlari tashkil etildi

Bugun Bandixon tumani Ixtisoslashtirilgan maktabda tumandagi 43 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarda ta'lim beruvchi tarix fani o'qituvchilariga markazlashgan holda malaka toifalarini egallashlari uchun hamda "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari doirasida oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi. 

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 12-bandiga ko'ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

 

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox