|
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Bandixon tumanida bo'ldi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Bandixon tumanida bo'ldi

Bugun mamlakatimizda aholini turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ko'plab loyihalar ishga tushirilmoqda. Ushbu loyihalar ishga tushishi natijasida joylarda yangi ish o'rinlari yaratilmoqda.
Bugun Bandixon tumaniga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Zohidov Botir Erkinovich tashrif buyurib, tumanda aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, ishsizlik darajasini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bunda tumanning "Navro'z" mahallasida faoliyat yuritayotgan 7,0 mlrd. so'm mablag' evaziga tashkil etilgan "Bahriddin nur" fermer xo'jaligining parrandachilik kompleksi bilan tanishildi. Korxonada yiliga 100 ming boshdan ortiq parranda boqilib, 350-500 tonnagacha parranda go'shti yetishtiriladi. Korxona rahbari bilan suhbat o'tkazilib, muammo, takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

 

0 izox