|
Har bir ishga tushgan loyihaning zamirida yangi ish o'rinlari yaratiladi

Har bir ishga tushgan loyihaning zamirida yangi ish o'rinlari yaratiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Zohidov Botir Erkinovichning keyingi manzili tumanning Obod turmush mahallasida faoliyat ko'rsatayotgan "Bandixon broyler 2022" MCHJ bo'ldi. Loyiha 1,5 mlrd. so'm mablag' evaziga tashkil etilgan bo'lib, go'sht yo'nalishiga ixtisoslashgan. Korxonada yiliga 200-250 tonna parranda go'shti yetishtiriladi.

Shundan so'ng vazir tuman hokimi hamrohligida Saroy mahallasidagi “Saroy asl asali” MChJning asalarichilik faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxona tomonidan yiliga 3-3,5 tonna asal yetishtiriladi. 500-600 dona asal qutisi yasaladi va aholiga daromad olishlari uchun sotish yo'lga qo'yilgan. Vazir korxona rahbarlari bilan uchrashar ekan, tashabbuskorlar tomonidan har bir ishga tushirilgan loyihaning zamirida yangi ish o'rinlari yaratilishi e'tirof etildi. Korxona rahbarlari bilan suhbat o'tkazilib, muammo, takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

 

0 izox