|
🏆 Futbol bo‘yicha Surxondaryo viloyat chempionati 2-ligadan o'rin olgan “Bandixon” va  “To’palang” jamoalarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

🏆 Futbol bo‘yicha Surxondaryo viloyat chempionati 2-ligadan o'rin olgan “Bandixon” va “To’palang” jamoalarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 24-sentabr kuni tuman markaziy sport o’yingohida futbol bo'yicha Surxondaryo viloyat chempionati 2-ligada Bandixon tumanining “Bandixon” jamoasi Sariosiyo tumanining “To’palang” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qizg’in va ajoyib tarzda bahsli o’tgan futbol o’yinida ⚽️ 3:3 hisobida durrang natija qayd etildi.

O’yin yakunida tuman hokimi A.Allamuradov va sektor rahbarlari tomonidan ajoyib o’yin ko’rsatganliklari uchun “Bandixon” yoshlari jamoasi taqdirlandi.

Bandixon tuman hokimligi “Bandixon” yoshlari jamoasiga bundan keyingi o’yinlarida yuqori natija qayd etishlari uchun omad va zafarlar tilaydi.

0 izox