|
Chinor mahallasidagi 9-sonli umumta'lim maktabiga qo'shimcha 330 o'rinli o'quv binosi topshirildi

Chinor mahallasidagi 9-sonli umumta'lim maktabiga qo'shimcha 330 o'rinli o'quv binosi topshirildi

“Maktab muammosiga birinchi darajali masala deb qarashimiz lozim. Maktab – faqatgina taʼlim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak maʼnaviyat beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga oʻrgatuvchi dargohga aylanishi zarur”
Sh.M.Mirziyoyev

Bugun Bandixon tumanida 3-sonli, 9-sonli hamda 38-sonli umumta'lim maktablariga qo'shimcha yangi o'quv binolari foydalanishga topshirildi va tumanda yangi 44-sonli umumta'lim maktabining ochilish marosimi o'tkazildi. Maktablar ochilishida tuman hokimi A.Allamuradov, nuroniylar, faxriy ustozlar hamda o'qituvchilar ishtirok etishib, farzandlarimizning kelajakda yaxshi ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanish kerakligi qayd etildi.

Chinor mahallasidagi 9-sonli umumta'lim maktabiga qo'shimcha 330 o'rinli o'quv binosining tantanali topshirish jarayonlari.

 

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox