Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur tuyg‘ularini rivojlantiradi.
Bugun Bandixon tumani kasb-hunar maktabining 60 nafar o'quvchilari Termiz shahrida sayohatda bo'lib qaytishdi. Sayohatning birinchi manzili At-Termiziy ziyoratgohi bo'ldi. Keyingi manzil Termiz davlat universiteti bo'lib, o'quvchilarga mutaxassislar tomonidan universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, axborot kutubxona va ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati tanishtirildi. O'quvchilar universitetdan bir olam iliq taassurotlar bilan qaytishdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox