Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullangan insonda kuchli iroda, qat’iyatlilik, olg‘a intilish va o‘ziga ishonch hissi doimo ustun turadi.
Yurtimizda shunday bir an’ana yo‘lga qo‘yildiki, bu vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqalar bilan bevosita bog‘liq.
Shu o'rinda bugun Bandixon tumani Sport maktabida tumandagi tashkilot xodimlari o’rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning mini futbol va voleybol turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Bahsli o'tgan mini futbol o'yinlarida 15 ta jamoa qatnashib, Bandixon tuman kasb-hunar maktabi jamoasi, ayollar o'rtasida voleybol musobaqalarida Sport maktabi ayollar jamoasi viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Bandixon tuman hokimligi yo'llanma olgan jamoalarni muborakbod etadi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox