|
Bandixonda

Bandixonda "Favqulodda vaziyatlar va yong'inlar profilaktikasi kuni" o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi PQ-2992 sonli qarori hamda 2021-yil 23-fevral PF-6176 sonli Farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni "Favqulodda vaziyatlar va yong'inlar profilaktikasi kuni" o'tkazilishi belgilangan. Bugun Bandixon tumani politexnikumida Bandixon tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi bilan hamkorlikda yong'in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish, gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida va favqulodda holatlarda birinchi amalga oshirilishi lozim bo'lgan choralar to'g'risida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Bizni kuzatib borishda davom eting!

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox