|
Bandixon tumanida

Bandixon tumanida "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan bayram dasturi bo'lib o'tdi.

Qishloq ayollarining ulkan matonati, tog‘day sabr-toqati hamda mehnatsevarligidan barchamiz faxrlansak arziydi.

Bugun Bandixon tumani Bandixon mahallasida joylashgan tuman Madaniyat uyida "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan bayram dasturi bo'lib o'tdi. Bayram dasturida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Intizor Mamasolayeva hamda tumandagi 22 ta mahallalardan kelgan jonkuyar va faol bo’lgan xotin-qizlarimiz qatnashishdi.
Tadbirda tuman madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan ajoyib kuy-qo’shiqlar va chiqishlar yig’ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.


Tadbir so’ngida xotin-qizlarimiz tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox