Joriy yilning 12-sentabr kuni tumandagi 17-sonli musiqa va san'at maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi raislari uchun viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i S.Aliyev, tuman prokurori B.Toshpulatov, tuman hokimining o'rinbosari U.Qulmamatov hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-mashg‘ulotlarda saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlashga qo'yilgan talablar, ovoz berish kuniga tayyorgarlik bo‘yicha batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.
0 izox