|
Bandixon tumani bugun o'zgacha chiroy ochib bormoqda

Bandixon tumani bugun o'zgacha chiroy ochib bormoqda

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar Bandixon tumanida ham o'z ifodasini topmoqda. Tuproq ko'chalar toshlanib, asfalt yotqizilmoqda. Bir vaqtlar tuman markazida oddiy telefon uchun to'lov qiyin masala bo'lgan Bandixon tumani bugun o'zgacha chiroy ochib bormoqda. Tuman markazidan o'tuvchi 4R100 avtomobil yo'liga asfalt yotqizish ishlari bajarilib, ko'chalarga tungi yoritish chiroqlari o'rnatildi.

Shu o'rinda tuman markazini toza va ozoda saqlash har bir tumanimiz fuqarosining burchi desak adashmagan bo'lamiz. Bugun tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida sohaning jonkuyarlari ishtirokida tumanda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox