Bugun Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Obod turmush mahallasidagi 1237 metr tosh ko'chaga issiq asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Yo‘lsozlarning bosh maqsadi, yo‘llarning ravon va tekis bo‘lishini ta’minlash, shu orqali yurtdoshlarimiz hamda avtomobillarning erkin, xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoit va qulayliklar yaratishdan iborat.
Asfaltlash jarayonlarining sifatli bajarilishi, asfaltning xalqimizga uzoq xizmat qilishi uchun barcha mas’ullar va ishchi xodimlar o’z fidoyiliklarini namoyon etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mahallalarning ichki ko‘chalarini toshlash hamda asfaltlash ishlari belgilangan reja asosida ketma-ketlikda amalga oshirilmoqda.
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
0 izox