Aholini ro‘yxatga olish tadbiri qaysi me’yoriy- huquqiy hujjatga asosan o‘tkaziladi?
Shu vaqtgacha O’zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qonun qabul qilinmagan. Shuning uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida O’zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadi, tartibi, davri va muddatlarini aniqlash; zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish va tashkil etish; aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarni ushbu jarayonlarga qatnashishi uchun aniq mexanizmlar va ularning mehnatiga haq to‘lash manbalarini belgilash; yakuniy natijalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni keltirib o‘tish inobatga olinishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bandixon tumani Statistika bolimi boshligi: O'.Raxmatov
1 izox