Bandixon tumani Barkamol avlod bolalar maktabi “Xon atlas haftaligi” targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etishdi.
Haftalikni o‘tkazishdan maqsad:
✅ O‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish;
✅ barcha toifadagi xotin-qizlar, uy bekalari, o‘quvchi-talaba qizlar, yosh kelinlar, turli tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etish;
✅ milliylik va zamonaviylik, mahalliy va badiiy jihatlar uyg‘un bo‘lgan, shuningdek, milliy meros darajasidagi liboslarni keng targ‘ib qilish;
✅ yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini, umume’tirof etilgan did va estetik qarashlarni shakllantirish;
✅ o‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba ro‘yxatiga kiritilganini targ‘ib etish;
✅ dizayn san’ati va milliy sanoat hamda sohada yosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, bugungi kunda liboslar targ‘iboti, savdosi bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi yutuq va kamchilik va muammolarni muhokama qilish.
0 izox