|
44-sonli umumta'lim maktabining ochilish marosimi o'tkazildi.

44-sonli umumta'lim maktabining ochilish marosimi o'tkazildi.

Maktab — inson hayotida o'ziga xos o'rin egallovchi, uning bilimli, tarbiyali kamol topishida poydevor bo'lib xizmat qiluvchi ziyo maskani.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024 – 2026 -yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarori doirasida bugun Bandixon tumanida yangidan zamonaviy va ko'rkam tarzda barpo etilgan 220 o'rinli 44-sonli umumta'lim maktabining ochilish marosimi o'tkazildi. Ushbu bunyodkorlik ishlari uchun jami 6,4 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, ta'lim muassasasida o‘g‘il-qizlarning munosib ta'lim olishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Maktab ochilishida nuroniylar, faxriy ustozlar hamda o'qituvchilar ishtirok etishib, farzandlarimizning kelajakda yaxshi ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanish kerakligi qayd etildi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox