Fuqarolarning murojaatlari hal etilmoqda. Joriy yilning 1-avgust kuni Bandixon tuman prokurori, 2-sektor rahbari B.Toshpulatov tomonidan sektor hududidagi "Navro‘z" mahallasidagi 36-sonli IDUM binosida aholi murojaatlarini joyiga borgan holda tinglash, o‘rganish va hal etish maqsadida "Sayyor qabul" tashkil etildi.
"Navro‘z" mahallasida tashkil etilgan "Sayyor qabul" davomida 9 nafar fuqarolarning 9 ta masalalardagi murojaatlari qabul qilindi.
Mas’ullar ishtirokida murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijasida 4 ta masala bo‘yicha murojaatlar shu joyning o‘zida hal etildi.
Qolgan murojaatlarni tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqish uchun mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
0 izox