|
Oʻzbekiston bolalar mehnatini bartaraf etish boʻyicha muhim natijalarga erishdi

Oʻzbekiston bolalar mehnatini bartaraf etish boʻyicha muhim natijalarga erishdi

Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish - bundan asosiy maqsad bolalar mehnati muammosiga va uni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish zarurligiga butun dunyo eʼtiborini qaratishdir.

Zero, bugungi kunga kelib jahonda har oʻn boladan biri bolalar mehnatiga duchor qilinadi, bolalar mehnatidan jabr koʻrganlarning soni 152 mlndan oshgan. 
BMT Bosh Assambleyasi 2021-yilni Bola mehnatiga qarshi kurashish yili deb eʼlon qildi. Shuningdek, mamlakatlar bolalar mehnatini taqiqlash va bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan va amaliy qadamlarni qoʻyish majburiyatini oʻz boʻyniga oldi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030-yilga qadar butun jahonda bola mehnatining barcha shakllariga barham berish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganining ilk yillaridan boshlab bola huquqlarini taʼminlash diqqat markazda turdi. Oʻzbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan dastlabki konvensiyalardan biri — bu Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya edi. Mazkur konvensiya insoniyat tarixida bolalar huquqlari sohasidagi ilk majburiy xalqaro huquqiy shartnoma boʻlib, Bola huquqlari boʻyicha umumjahon konstitutsiyasi nomi bilan eʼtirof etiladi. Konvensiya bolalarga nisbatan har qanday shakldagi shafqatsiz muomalani, ekpluatatsiyani va kamsitishni taqiqlaydi. Oʻzbekiston mazkur konvensiya bilan belgilangan barcha xalqaro standartlarni oʻz milliy qonunchiligiga joriy qildi, bolalar mehnatini bartaraf etish boʻyicha barcha xalqaro shartnomalarga qoʻshildi. 2008-yilda “Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Eng kichik yosh toʻgʻrisidagi va Bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish va ta'qiqlashga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi qarori bilan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilinganligining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga saylangandan keyin majburiy va bolalar mehnatining har qanday shakllariga qarshi kurashish davlatning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Aholisining 40 foizini bolalar tashkil qilgan Oʻzbekiston uchun bu vazifa prinsipial ahamiyatga ega edi. Prezidentimiz 2017-yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi minbaridan turib Oʻzbekistonda majburiy va bolalar mehnatining har qanday shakllariga barham berish choralari koʻrilishi toʻgʻrisida gapirdi. Shuningdek, 2021-yilda BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida majburiy va bolalar mehnatiga barham berish ustuvorligini yana bir bor taʼkidladi.

 

Jinoyat ishlari bo'yicha Bandixon tuman

sudi raisi                                                                                    M.Abdimo'minov

0 izox