Oʼzbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi OʼRQ-419-sonli qonuni bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonun qabul qilinganligi, mazkur qonunda ilk bor “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar”, “manfaatlar toʼqnashuvi” kabi huquqiy tushunchalarni ochib berilganligi, bu qonun respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplarini va yoʼnalishlarini belgilab berganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha idoralararo komissiyalar maqomi toʼgʼrisidagi qoidalar, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli davlat organlari va ularning vakolatlari, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning korruptsiyaga qarshi kurashda ishtirok etishi, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʼyish kabi koʼplab masalalar oʼz ifodasini topgan, Oʼzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida qonuniga muvofiq, korruptsiya - shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʼzga shaxslarning manfaatlarini koʼzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Korrupsiya bilan bogʼliq jinoyatlar jamiyat uchun katta xavf tugʼdirishligi, agar uning oldi olinmasa va unga qarshi jinoiy-huquqiy hamda boshqa taʼsir choralarini qoʼllab, kurash olib borilmasa, u jamiyatning barcha sohalarida, xususan, eng avvalo, sanoat, ishlab chiqarish, savdo, shunindek davlat boshqaruvi sohasida ham «ildiz otib», rivojlanib ketishi mumkinligi, korruptsiya bilan bogʼliq jinoyatlar rivojlanib ketadigan boʼlsa, jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqarishi, iqtisodiyotning rivojlanishiga toʼsqinlik qilishi, aholi oʼrtasida hokimiyat vakillariga nisbatan ishonchsizlik ruhiyatini paydo qilishligi, korruptsiya birinchi navbatda turli iqtisodiy, soʼngra uyushgan jinoyatchilikning koʼpayishiga sabab boʼladi.
Jinoyat ishlari boʼyicha
Bandixon tuman sudining raisi
M.E.Аbdimoʼminov
0 izox