|
Bandixon tumani bo‘yicha 2023 yil 3-chorak yakunlariga ko`ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to`g`risidagi hisoboti

Bandixon tumani bo‘yicha 2023 yil 3-chorak yakunlariga ko`ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to`g`risidagi hisoboti

Bandixon tumani bo‘yicha 2023 yil 3-chorak yakunlariga ko`ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to`g`risidagi

hisoboti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13 apreldagi PQ-5072-son “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22 apreldagi KQ-213-IV-son qarorlariga asosan Bandixon tumani bo‘yicha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga jami 8 459 893,6 ming so‘m (shundan: Tuman  budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi mablag‘idan 6 071 307,0 ming so‘m, tuman budjetining qo‘shimcha manbalarining 30 foizi miqdorida 1 0191 00,0 ming so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25 oktabrdagi PQ-409-son qaroriga asosan viloyat budjetidan 457 933,0 ming so‘m,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10 apreldagi PQ-117-son qaroriga asosan                         900 00,0 ming so‘m, Tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan  mablag‘ bilan shartnomaga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo'shab qolgan (iqtisod qilingan) qisminidan 11 553,6 ming so‘m) ajratildi.

2023-yil 1-mavsum bo‘yicha

2023-yil 1-mavsumda fuqarolar tomonidan openbudget.uz  rasmiy veb sayti orqali jami 426 ta taklif loyihalar kiritilib shundan 227 ta taklif soha mutaxassislari va ishchi komissiya tomonidan qabul qilinib, 199 ta taklif nizom talablariga mos kelmaganligi sababli rad etildi.

1-mavsumda qabul qilingan 227 ta taklifdan tumandagi jami 80,8 ming nafar fuqarolardan                   34,0 ming nafar ya’ni 42 % fuqarolar tomonidan berilgan ovozlardan kelib chiqib 4 ta loyiha g‘olib deb topildi va muhtaram Prezidentimizning “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10 apreldagi 117-PQ sonli Qaroriga asosan 2000 dan ko‘p ovoz to‘plagan lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Shundan kelib chiqib joriy yil                  1-mavsum uchun jami 5 ta loyiha uchun jami 5700,0 mln so‘m ajratildi.  Jumladan:

- Taklifning ID-00146705009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 6023 ta ovoz to‘plagan Bandixon tuman Tibbiyot birlashmasiga tibbiy asbob uskunalari sotib olish uchun             1 200,0 mln so‘m ajratilib hozirgi kunda to‘liq ishlar amalga oshirildi;

- Taklifning ID-0010441009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 6021 ta ovoz to‘plagan “Bahoriston” MFY markaziy ko‘chasining 3000  metr masofasini qora qoplamali asfalt qilishga 1 200,0 mln so‘m ajratilib hozirgi kunda to‘liq ishlar amalga oshirildi;

- Taklifning ID-00144183009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 5361 ta ovoz to‘plagan “Navro‘z” mahallasidagi Buyuk kelajak ko‘chasini  3 km masofasini sifatli asfalt qilishga 1 200,0 mln so‘m ajratilib hozirgi kunda to‘liq ishlar amalga oshirildi;

- Taklifning ID-0014249009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 5224 ta ovoz to‘plagan Bandixon tumanidagi 36-IDUM ni mukammal tamirlashga 1 200,0 mln so‘m ajratilib hozirgi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda;

- Taklifning ID-00136584009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 5125 ta ovoz to‘plagan Bandixon tumani “Chinor” maxallasidagi kasb-hunar maktabini moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 900,0 mln so‘m ajratilib hozirgi kunda 100% ishlar amalga oshirildi.   

2023-yil 2-mavsum bo‘yicha

2023-yil 2-mavsumda fuqarolar tomonidan openbudget.uz  rasmiy veb sayti orqali jami 1132 ta taklif loyihalar kiritilib shundan 453 ta taklif soha mutaxassislari va ishchi komissiya tomonidan qabul qilinib, 679 ta taklif nizom talablariga mos kelmaganligi sababli rad etildi.

2-mavsumda qabul qilingan 453 ta taklifdan tumandagi jami 80,8 ming nafar fuqarolardan 57,7 ming nafar ya’ni 71 % fuqarolar tomonidan berilgan ovozlardan kelib chiqib 3 ta loyiha g‘olib deb topildi Shundan kelib chiqib joriy yil 2-mavsum uchun jami 3 ta loyiha uchun jami 3840,0 mln so‘m ajratildi.  Jumladan:

- Taklifning ID- 031258814009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 8104 ta ovoz to‘plagan tumandagi “Paxtakor” mahallasining “Do‘stlik” va “Ashurxon” ko‘chalarining 3 km qismini asfalt qoplamasi bilan qoplash uchun 1 320,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 031274544009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 7193 ta ovoz to‘plagan tumandagi “Bahoriston” mahallasidagi ichki ko‘chalariga, ya’ni qabristonga olib boruvchi “Uzun” ko‘chasi, QVPga  olib  boruvchi “Shirin” ko‘chasi, “Bog‘bonlar” ko‘chasi, “Sharq” ko‘chasi, mahalla  markaziy  ko‘chasining  3200  metr  masofasini sifatli  qora  qoplama  yotqizishga 1 320,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 031293355009 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 6646 ta ovoz to‘plagan Bandixon tuman 2-sonli umumta’lim maktabiga moddiy texnik bazasini rivojlantirishga        1 200,0 mln so‘m “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan manzilli ro‘yxatga muvofiq yo‘naltirildi

 

 

0 izox