|
1 yanvardan Toshkent va Samarqandda ayrim fuqarolarga transportda bepul yurish uchun kartalar beriladi

1 yanvardan Toshkent va Samarqandda ayrim fuqarolarga transportda bepul yurish uchun kartalar beriladi

Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar o‘z kuchini yo‘qotadi.

Muhokama uchun e’lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, buyruq Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tayyorlangan.

 

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lash avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga asosan umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilganini inobatga olib, shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi eski namunadagi yagona guvohnomalar o‘rniga imtiyozli transport kartalari berilishi ko‘zda tutilgan.

Hukumat qarori bilan shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich: Toshkent va Samarqand shaharlarida — 2023 yil 1 yanvardan boshlab; respublika barcha shaharlarida — 2023 yil 1 maydan boshlab amalga oshiriladi.

 

Yuqoridagilarni inobatga olib, qonunchilikda bo‘shliqlarni istisno qilish maqsadida mazkur buyruq kuchga kirish muddati 2023 yil 1 mayda belgilangan.

0 izox