Joriy yilning 27-avgust sanasida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya ishi tuman hokimi, Kengash raisi A.Allamuradov tomonidan ochib berildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari U.Qulmamatovning hisoboti, ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-319-sonli qarorining tumanda ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Bandixon tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig’ining o’rinbosari A.Toshboyevning hisobotlari tinglandi.
0 izox