photo: Marat Yunus
Bugungi kunda mamlakatimiz rivoji, yurtimizni yanada taraqqiy ettirish yo'lida barcha soha vakillarining o'rni bor.
Bugungi kunda Davlatimiz tinchligi yo'lida beminnat xizmat qilib kelayotgan Vatanimiz posbonlarining xizmatlari tahsinga sazovordir.
Chunki siz- u bizning tinch va osoyishta hayot kechirishimiz yo'lida Ichki ishlar organi xodimlari tun- u kun xizmat qilib kelmoqda.
photo: Marat Yunus
Bugun Bandixon tuman hokimligining "Katta majlislar zali" da“Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida viloyat hokimi o‘rinbosari F.S.Toirov, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari U.Utayev boshchiligida tumandagi sektor rahbarlari, IIB xodimlari, aloqador mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
photo: Marat yunus
photo: Marat Yunus
Yig‘ilish davomida tumanda 2021 yilning 11 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ochiq muhokama qilindi.
Shuningdek, ayollar, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
photo: Marat Yunus
Jinoyatlar tahlili muhokamasida olib borilgan profilaktik choralarga qaramasdan ayrim mahallalarda jinoyatlar soni oshganligi aniqlanib, ushbu holat bo‘yicha “qizil” hududga kiritilgan mahalla ma’sullari, profilaktik inspektorlar jiddiy ogohlantirildi hamda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan ularga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
photo: Marat Yunus
photo: Marat Yunus
Bandixon tuman hokimligi Axborot xizmati xodimi Marat Yunus tayyorladi