O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
Prezident huzuridagi Statistika agentligi “O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tashkil etiladi. Респuблика komissiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov raislik qiladi.
O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlar jarayonlarining muvofiqlashtirilishi va monitoringini amalga oshirish;
- aholini ro‘yxatga olish natijalarining tahlilini o‘tkazish;
- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish, aholini ro‘yxatga olish materiallariga ishlov berishni tashkil etish va uning yakuniy natijalarini e’lon qilish masalalariga doir takliflarni ko‘rib chiqish;
- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni ularning ishiga haq to‘lash masalalarini hal qilgan holda jalb etishni tashkil etish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Bandixon tuman statistika bo'limi
boshlig'i O'.Raxmatov
0 izox