|
Mahallani qo'llab-quvvatlash Kengashi yig'ilishi o'tkazildi.

Mahallani qo'llab-quvvatlash Kengashi yig'ilishi o'tkazildi.

Bugun Bandixon tumani hokimi, mahallani qo'llab-quvvatlash Kengashi raisi Abdumalik Allamuradov rahbarligida, tegishli mas'ullar hamda kengash a'zolari ishtirokida "Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, aholi muammolarini hal etilishini tashkil etish, mahallani ishsizlik, kambag'allik, jinoyatchilik, oilaviy ajrim va migratsiyadan xoli hududga aylantirish va 2024-yil yakuni bo'yicha Kengash yig'ilishi o'tkazildi.


Tanqidiy tarzda o'tkazilgan yig'ilshda mahalla yettiligi rahbarlarining hisobotlari, mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi rejalari eshitildi. Ishsizlik, kambag'allik, jinoyatchilik, oilaviy ajrim va migratsiya sohasida ko'rsatkichlari eng og'ir bo'lgan mahallalardagi yettilik faoliyati keskin tanqid qilindi. 2025-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox