Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya davlatidagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan vidoekonfrensaloqa tarzida onlayn muloqot o‘tkazdi.
Unda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va geologiya yo‘nalishlarida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari tuman hokimi elchiga Janubiy Koreya davlatidagi salohiyatli investorlarni Bandixon tumaniga tashrifini tashkillashtirish masalalariga alohida to'xtalib, tumanning zaxira imkoniyatlari to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox