|
📍

📍"Xazarbog' Oqqapchig'ay" kanallar tizimi o'rganildi, "Yoshlar daftari" da turuvchi talabaning o'quv harajatlarining bir qismi to'lab beriladi.

Tuman hokimining navbatdagi manzili "Saroy" mahallasi hududi bo'ldi. Ushbu hududda "Xazarbog' Oqqapchig'ay" R- 1 va R- 2 kanallar tizimi mavjud.

Kanal 2019- yilda rekonstruksiya qilingan bo'lib, R- 1 kanal uzunligi 7 km 200, R- 2 kanali esa 19 km 600 metrni tashkil etadi. Shuningdek mazkur mahallaning "Kuba" ko'chasida istiqomat qiluvchi "Yoshlar daftari" ro'yxatiga kiritilgan fuqaro Mamatqulov Anvar bugungi kunda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida tahsil olib kelmoqda. "Saroy" mahallasi yoshlar yetakchisi bilan tuman hokimining muloqoti davomida ushbu talabaning o'quv xarajatlarining bir qismi to'lab beriladigan bo'ldi.

Bandixon tumani hokimligi axborot xizmati
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari 

0 izox