|
Tuman hokimining fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi

Tuman hokimining fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi

Bugun Bandixon tumanidagi Suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji binosida tuman hokimi O'.Choriyevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Hokim qabulida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asosan ish bilan ta'minlash, nafaqa, davolanish uchun moddiy yordam, uy-joy bilan ta’minlash, oqava suv, ichki yo'llarni ta'mirlash kredit ajratish kabi 36 ta murojaat tinglandi. Ushbu murojaatlarning ba'zilari shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Eslatib o'tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har shanba kuni bo'lib o'tadi.

0 izox