|
Hududlarda o'rganilgan muammolar ma'sullar tomonidan bartaraf etilmoqda

Hududlarda o'rganilgan muammolar ma'sullar tomonidan bartaraf etilmoqda

Tuman hokimligining Matbuot xizmati rasmiy sahifalarida xabar berayotganimizdek bugungi kunda Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov hududlarda bo'lib aholi muammo va kamchiliklarini o'rganmoqda.


Kuni kecha Bandixon tumani “Bandixon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi tomonidan aholi vakillari bilan birgalikda tizimli ishlar tashkil etilmasdan aholi yashash uylarida ichki ariqlarda obodonlashtirish ishlari tashkil etilmaganligi, “Nurli Bandixon" fermer xo'jaligiga olib boruvchi ichki ariqlar ham obodonlashtirilmaganligi, "Navro'z" mahallasi hududida joylashgan KSPS-293/100 transformatrning ichi ochiq holatda ekanligi, xavfsizlik talablariga umuman javob bermasligi tuman hokimining jiddiy e'tiroziga sabab bo'lgan edi. Ushbu muammoni zudlik bilan hal etish yuzasidan tuman hokimi tegishli ma'sullarga topshiriqlar bergan edi.


Oradan ko'p vaqt o'tmay "Bandixon" mfy raisi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi ma'sul rahbarlari tomonidan muammolar bartaraf etildi.
Shuningdek, 4 R- 104 avtomobil yo'lidan kesib o'tgan ushbu mahallada gaz quvuri mutlaqo notog'ri joylashtirilganligini tuman hokimi tanqid qilib mazkur muammoni ham hal etish bo'yicha tegishli rahbarlarga jiddiy topshiriq berib, ijrosi nazoratga olingan edi.

Ushbu muammo esa "Bandixontumangaz" gaz ta'minoti bo'limi ma'sullari tomonidan ijobiy hal etilib, gaz quvurlari olib kelindi va belgilangan joyga qayta o'rnatildi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari 

0 izox