|
Bandixon tumanida qishloq xo'jaligi yo'nalishi bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bandixon tumanida qishloq xo'jaligi yo'nalishi bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bugun Bandixon tuman hokimligida Abdumalik Allamuradov rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.


Unda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, fermerlar, klaster rahbarlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda 2023- yil xosili uchun tumanda ekilgan g'alla maydonlariga 15 fevralga qadar mahalliy o'g'itlarni chiqarib, mineral o'g'it berish ishlarini yakunlash, sharbat usulida sug'orishni tashkil etish masalalari tuman hokimi boshchiligida muhokama etildi.


Tumanda ayrim klaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘alla parvarishidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi tuman hokimi tomonidan tanqid qilindi va ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ma'sullar jiddiy ogohlantirildi.
Paxtachilik, g'allachilik klasterlari va fermer xo'jaliklari rahbarlariga dala chetlariga, ariq bo'ylariga rejadagi tut, bodom va tok ko'chatlari ekilishini belgilangan muddatga qadar amalga oshirish vazifalari berildi . Shuningdek ma'sullarga chigit ekish rejalashtirilgan shudgorlangan yer maydonlarini belgilangan muddatda tekislash va pushta olish ishlarini tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari 

0 izox