|
Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tumanda investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tumanda investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Tuman hokimining navbatdagi manzili Bandixon tumanida 2022 yil ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish rivojlantirish dasturiga kiritilgan xududiy investitsion loyihalarning ishga tushurilishi doirasida amalga oshirilayotgan "Bahriddin Nur" fermer xo'jaligida olib borilayotgan qurilish ishlari bo'ldi.


Ushbu loyiha 7 mlrd so'm mablag' asosida amalga oshirilayotgan bo'lib, shundan 3,5 mlrd so'm o'z mablag'i hamda 3,5 mlrd so'm bank krediti asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida 15 nafar fuqaro bandligi ta'minlanadi. Loyihaning parranda go'sht mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish quvvati sof 60 ming donani tashkil etadi. Yillik davlat byudjetiga 90 mln so'm mablag' yo'naltiriladi.

Bandixon tumani hokimligi axborot xizmati
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari 

0 izox